Sport | 12:37 / 27.02.2017
11682
1 daqiqa o‘qiladi

«Vilyarreal» prezidenti: «O‘yindan keyin hakamlar stadionni «Real» sumkalari bilan tark etishi to‘g‘ri emas»

«Vilyarreal» prezidenti Fernando Roig Ispaniya chempionatining «Real»ga qarshi uchrashuvidagi (2:3) mag‘lubiyatdan keyin hakamlarning o‘yindagi harakatlaridan noroziligini bildirib o‘tdi.

«Mansano (uchrashuv bosh hakami –  Tribuna.uz izohi) va uning yordamchilari stadionni «Real» jamoasiga tegishli sumkalarda tark etishdi. Menimcha bu to‘g‘ri ish emas.

Yo‘q penaltidan gol urgan «Real»ning kambeki haqida gapirish yaramaydi. Hamma bu vaziyat rikoshet ekanini aytdi. Ammo rikoshet degani – 11 metrlik jarima zarbasi degani emas», – deya gapirib o‘tgan Roig.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid