Light | 07:12 / 27.02.2017
64644
2 daqiqa o‘qiladi

Jahon brendi endi O‘zbekistonda

25 fevral kuni Toshkent shahrida jahon brendi bo‘lmish «Chilli MiLi» restoranlar tarmog‘ining filiali ochildi.

O‘zbekiston poytaxtida joylashgan restoran o‘zgacha yondashilgan dizaynda bo‘lib, undagi mebel va boshqa buyumlar alohida mehr bilan yasalgan. Restoranda asosan tovuq va baliqli taomlar taqdim etiladi. Shuningdek, bir qator mazali salatlar, o‘zgacha retsept bilan pishirilgan boshqa taomlar ham mijozlarga muntazir.

Restoran Polshaning mashhur «Chilli MiLi» restoranlar tarmog‘ining bir bo‘lagi bo‘lib, Pyotr Terlikovski brend asoschisi hisoblanadi. Restoranda Polshadan O‘zbekistonga tashrif buyurgan Lukash Kalushki bosh oshpaz sanaladi. Restoranda tayyorlanadigan barcha taomlar janob Kalushkining maxsus retsepti bilan, Polshadan keltirilgan ziravorlardan foydalanilgan holda taqdim etiladi. Restoran ochilishida investitsiya ishlari bo‘yicha Polsha vakili Jasek Mixalsining ham alohida o‘rni bor.

Shuni alohida ta'kidlab o‘tish joizki, ushbu restoran O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatda turizmni rivojlantirish bo‘yicha islohotlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida o‘z eshiklarini ochdi.

Restoran o‘zbekistonliklar va xorijlik fuqarolarga jahonning eng yetakchi brendlaridan biridagi muhitni his etish imkonini beradi.

«Chilli MiLi» restoraniga tashrif buyurib, o‘zgacha mehr va uslub bilan tayyorlangan eng mashhur brend taomlaridan bahramand bo‘ling!

Manzil: Toshkent, Abdulla Qodiriy ko‘chasi 25 uy.
Tel.: +99895 1965454

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid