Sport | 07:35 / 28.02.2017
6224
1 daqiqa o‘qiladi

Hiddink Angliyaga yana qutqaruvchi rolida qaytadi

Niderlandiyalik mutaxassis Guus Hiddink tez orada «Lester» klubiga bosh murabbiy bo‘lib kelishi mumkin.

The Times nashri xabariga ko‘ra, ushbu mutaxassis jamoani mavsum oxiriga qadar boshqarib, APLda saqlab qolish vazifasini bajarishi kerak bo‘ladi.

«Lester»ni boshqarish uchun nomzodlar ichida Hiddinkdan tashqari Roberto Manchini, Vitor Pereyra, Nayjyel Pirson va Roy Xojson kabi nomlar ham bor. 

Eslatib o‘tamiz, Hiddink o‘tgan mavsumda Angliyaning boshqa bir jamoasi «Chelsi»da Joze Mourino ishdan bo‘shatilgach, uning o‘rnida yarim mavsum ishlagandi.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid