Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Manba: Konte mavsum oxirida «Chelsi»dan ketadi
«Chelsi» bosh murabbiyi Antonio Konte yozda boshqa jamoa boshqaruvini qo‘lga olishga rozilik bildirgan.
Football Italia nashrining Tuttosport‘ga asoslanib xabar berishicha, 47 yoshli mutaxassis «Inter»ning yangi rahbari, Xitoyning Suning kompaniyasi tomonidan taklif qilingan maosh miqdori yiliga 15 mln yevrogacha oshirilganidan so‘ng bu taklifga rozilik bildirgan.
Yaqin orada, Suning huquqshunoslari «aristokratlar» xo‘jayini Roman Abramovich bilan murabbiyning shartnomasini bekor qilinishi yuzasidan muzokaralar olib borishi kutilmoqda.
Kontening «Chelsi»dan ketishiga sabab sifatida, mutaxassisning klub rahbarlari bilan yaxshi munosabat o‘rnata olmagani ko‘rsatilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Chelsi» APLning 26 turidan keyin 63 ochko jamg‘arib peshqadamlik qilmoqda. Jamoa eng yaqin ta'qibchisini 10 ochkoga ortda qoldirib ketgan.
Konte ilk mavsumdayoq missiyani yakunlab, Italiyaga qaytishi mumkin
Mavzuga oid
19:29 / 23.05.2025
“So‘nggi qo‘ng‘iroq”. Italiyada kim chempion, Mbappe “Oltin butsa” oladimi va boshqa intrigalar
18:36 / 07.05.2025
Tajriba sinovi. «Barsa» nega yarimfinaldan o‘tolmadi?
02:38 / 07.05.2025
Yetti gol urilgan o‘yinda "Inter" "Barselona"ni YeChLdan chiqarib yubordi
10:53 / 01.05.2025