Jamiyat | 21:39 / 01.03.2017
7875
1 daqiqa o‘qiladi

OAV: Anjyelina Joli Kambojadan yana bitta yer maydoni sotib olmoqda

Gollivudlik aktrisa va ryojissyor Anjyelina Joli Kamboja o‘rmonlarida yana bitta yer maydonini yashirincha xarid qilmoqda. Bu haqda Daily Mail nashri xabar bermoqda.

Nashr ma'lumotlariga ko‘ra, 2002 yildan boshlab aktrisaga 7,5 gektarli maydon tegishli bo‘lib, unda MJP Foundation xayriya tashkilotining bazasi va turar joy majmuasi joylashgan. Bu yer avval 2015 yilda "qizil kxmerlar vaqtida" ommaviy qotilliklarni amalga oshirishda ayblangan Ta Titxga tegishli bo‘lgan.

Ta'kidlanishicha, Joli 2,5 gektarli qo‘shni maydonni "qizil kxmerlar" davridagi yana bir sobiq harbiy Riyenga Chitadan 32 ming funt sterlingga sotib olmoqchi.

Yerni sotib olish bo‘yicha muzokaralar aktrisa Kambojaga o‘zining hujjatli filmi namoyishiga kelganda olib borilgan.

Joli vakillaridan bu ma'lumot bo‘yicha izoh berilmagan.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid