Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bulung‘urda xalq og‘zaki ijodiyoti namoyish etilgan madaniy tadbir o‘tkazildi
Camarqand viloyati Bulung‘ur tumanida O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi tuman Kengashi tomonidan bahor oyining ilk kunida “Bulung‘urda bahor shukuhi” deb nomlangan ma'naviy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi. Bu haqda O‘zMTDP Bulung‘ur tuman Kengashi raisi A.Shokirov Kun.uz’ga xabar bermoqda.
“Sohibkor” madaniyat va aholi dam olish markazida bo‘lib o‘tgan madaniy tadbirda asosan qadimdan bizga meros bo‘lib kelayotgan laparlar, ashulalar, turli xil sahna ko‘rinishlari, xalq og‘zaki ijodi namunalari yig‘ilganlarga namoyish etildi.
Tumanning «Chavqi» folklor ansambli tomonidan namoyish etilgan sahna ko‘rinishlari, laparlar va xalq og‘zaki ijodi namunalari o‘zbek xalqining boy tarixiy merosini namoyish qilish bilan birga bu yerda yashab ijod qilgan ulug‘ baxshi va shoir Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li tomonidan kuylangan xalq og‘zaki ijodi namunalarni ham ommaga namoyish etildi.
Bahor oyining ilk kunida tashkil etilgan ushbu tadbir hudud aholisida bahoriy bayramona kayfiyat bag‘ishlab, kelgusidagi mehnat faoliyatida iliqlik ruhiyatni bag‘ishladi.




Mavzuga oid
23:09 / 23.05.2025
Samarqandda mashinasida sher bolasini olib yurgan shaxs aniqlandi
21:06 / 22.05.2025
Samarqand shahriga yangi prokuror tayinlandi
18:43 / 16.05.2025
Samarqandda maktab o‘quvchilarining janjali ulardan birining o‘limi bilan tugadi
12:02 / 11.05.2025