Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiyada yo‘lbarslarni olib ketayotgan yuk mashinasi yo‘l-transport hodisasiga uchradi
Rossiyaning Orenburg viloyati ichki ishlar bosh boshqarmasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, favqulodda xizmatlar Volgograddan Ufaga olib ketilayotgan noyob zotdagi yo‘lbarslarni qutqarish bo‘yicha operatsiyani o‘tkazishgan.
Orenburg viloyati Buguruslan shahri politsiyasiga bir erkak murojaat qilib, yo‘lbarslarni Volgograddan Ufadagi sirkka tashish uchun GLONASS tizimi bilan jihozlangan yuk mashinasini ijaraga berganini ma'lum qilgan.
Uning aytishicha, u navigatsiya tizimi orqali mashina yo‘lda bir necha soat harakatsiz turganini aniqlagan. Yuk mashinasiga oziqa yuklangan yana bir mashina hamrohlik qilgan.
"Voqea joyiga yo‘l harakati xavfsizligi inspeksiyasi xodimlari chiqishgan. Mashina yo‘lning chetidagi qiyalikda aniqlangan. Voqea joyida na haydovchi, na ikkinchi mashina aniqlangan. Fura ichidan tovushlar kelgan", deb aytildi politsiyada.
Voqea joyiga Ufadan hayvon o‘rgatuvchi kelgan. Yuk mashinasi ichida 5 ta yo‘lbars bo‘lgan.
Voqea joyida yirtqich hayvonlarni qutqarish bo‘yicha operatsiya tashkillashtirilgan.
Mavzuga oid
22:08 / 20.05.2025
Hindistonda may boshidan beri 8 kishi yo‘lbarslar hujumi qurboniga aylandi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024