Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda xonadondan 6700 dollar o‘g‘irlagan shaxslar qo‘lga olindi
Toshkent shahar Yunusobod tumanida noma'lum shaxslar 1974 yilda tug‘ilgan uy bekasining uyiga bostirib kirib, qo‘l-oyoqlarini skotch bilan bog‘lab, unga tan jarohati yetkazib, 6 700 AQSh dollarini olib voqea joyidan yashiringanlar. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar tarqatdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlarining hamkorlikda olib borgan tezkor-surishtiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni uch nafar muqaddam sudlanganlar, poytaxtimizning Yunusobod tumanida yashovchi 23 yoshli hamda Uchtepa tumanida yashovchi, 26 va 28 yoshli shaxslar sodir etganliklari fosh etilib, qo‘lga olindilar.
Hozirda mazkur holat bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025