«O‘zbekiston» sport majmuasidagi katta boks bayramida yana bir g‘olib aniqlandi
«O‘zbekiston» sport majmuasida The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasining VII fasl uchinchi bosqichidan o‘rin olgan O‘zbekiston va Rossiya terma jamoalari o‘rtasidagi boks kechasi davom etmoqda.
Musobaqaning to‘rtinchi jangini 91 kg vazn toifasida “Uzbek Tigers” vakili Zuhriddin Mahkamov “Patriot Boxing Team” a'zosi Islom Tekeyevga qarshi o‘tkazdi.
Hakamlarning qaroriga ko‘ra, Zuhriddin Mahkamov g‘alaba qozondi.
So‘nggi jangda Rio-2016 Olimpiada o‘yinlari g‘olibi Hasanboy Do‘smatov 49 kg vazn toifasida rossiyalik raqibi Bator Sagaluyevga qarshi ringga ko‘tariladi.
Eslatib o‘tamiz, The World Series Boxing (WSB) Butunjahon Boks Seriyasi chempionatining VII fasl uchinchi bosqich tarkibida O‘zbekiston sha'nini himoya qiluvchi bokschilar BUKA Boxing Sportswear tomonidan taqdim etilgan kiyimda ringga ko‘tarilishmoqda.
Mavzuga oid
13:19 / 13.12.2020
Umar Kremlev Xalqaro havaskorlik boksi federatsiyasiga prezident etib saylandi
22:07 / 06.08.2019
AIBA rahbari iste'foga chiqdi – OAV
09:33 / 16.07.2019
G‘ofur Rahimov AIBA prezidenti sifatidagi vakolatlarini butunlay topshirdi
23:16 / 03.07.2019