Jamiyat | 16:18 / 06.03.2017
27242
3 daqiqa o‘qiladi

Hayotingiz davomida bunday sement zavodini ko‘rmaganingiz aniq (fotojamlanma)

Tasavvur qilib ko‘ring-a, siz sement ishlab chiqaruvchi ulkan zavodning egasi bo‘ldingiz. Agar bu katta zerikarli binoni qanday o‘zgartirish borasida g‘oyalaringiz bo‘lmasa, ispaniyalik me'mor Rikardo Bofilldan o‘rnak oling. U o‘zi, oilasi va jamoasi uchun zerikarli fabrikadan noyob qasr yaratishga muvaffaq bo‘ldi. "Layf" shu mavzudagi maqola va suratlarini taqdim etdi. 

1973 yilda ispan me'mori Rikardo Bofill Barselona yaqinida joylashgan, Birinchi jahon urushi davridan qolgan sement zavodini sotib oldi. 

U binoning salohiyatini darhol ko‘ra bildi va uni uyga aylantira boshladi.

Bir necha yillik rekonstruksiya ishlaridan keyin quruvchilar jamoasi intererga ishlov berish hamda uni zamonaviy turar-joyga aylantirishga kirishdi.

Binoni tashqarisidan o‘simliklar bilan bezatishga qaror qilingan va hozir u deyarli butkul gullar hamda o‘simliklar bilan qoplangan.

Ichki tuzilma to‘liq qayta ishlanib, yorqin va ajoyib uyga aylantirildi.

"Tsement fabrikasi - did bilan ishlash kerak bo‘lgan joy", - deb yozadi o‘zining rasmiy saytida Bofill. 

Har bir xona dizayni u yerda qanday vazifa bajaralishidan kelib chiqib ishlangan. Inshootda ikkita bir xil xona yo‘q. 

"Men yopiq koinotda hayotning qaynayotganini his qilyapman, u meni tashqaridagi kundalik tashvishlardan himoya qiladi", - deb yozadi me'mor. 

"Bu yerda hayot ish va dam olish o‘rtasidagi kichik farq bilan uzluksiz ketma-ketlikda boradi". 

Bino hududida dam olish uchun ko‘plab qulay joylar bor. 

Ish maydoni — bu binoning asosiy zonalari, shuning uchun Bofill jamoasi ularning bir qismidan studiya sifatida foydalanadi. 

Tashqarida sanoatdan darak beruvchi hech narsa qolmagan: devor va tom qismlari maysalar bilan qoplangan, binoning o‘zi esa evkalipt, palma va zaytun daraxtlari bilan o‘ralgan.

Bularning barchasi binoga g‘aroyib va betakror tus beradi. 

Oshxona binoning pastki qavatida joylashgan bo‘lib, u oilaning barcha a'zolari ko‘rishadigan joy hisoblanadi. 

G‘aroyib o‘zgarishlarga qaramay, zavod ishlashda davom etmoqda. 

La fábrica doim ishlaydi, bu unga o‘ziga xos joziba bag‘ishlaydi, axir. 

Tasavvur va harakat bo‘lsa, har qanday binoni noyob inshootga aylantirish mumkin. 

Mavzuga oid