Light | 21:17 / 07.03.2017
21175
2 daqiqa o‘qiladi

Kirlarni xona ichida quritish inson organizmi uchun xavfli ekani isbotlandi

Olimlar xona ichida kirlarni quritish inson organizmi uchun xavfli ekanini isbotlashdi. Ayniqsa, astmaga yo‘liqqan yoki immun tizimi zaif bo‘lgan kishilar bundan eng ko‘p jabrlanishadi. "Ortodoks" tibbiy portali shu mavzudagi maqolasi bilan bo‘lishdi. 

Xo‘l kiyimda sporalarini  tarqatuvchi mog‘or zamburug‘lar paydo bo‘lishi mumkin. Bu esa nafas olish yo‘lida og‘ir kasalliklarni keltirib chiqaradi. Bug‘lanish havo namligini 30 foizga oshiradi va shu tariqa jinssiz hujayralarning ko‘payishi uchun sharoit yaratadi.

Masalan, bir tog‘ora yuvilgan kiyimda 2 litr suv bo‘ladi, u esa xonada bug‘lanadi. Inson bunday infeksiya bilan kurasha oladi, biroq immuniteti past yoki astmaga chalingan kishilarda nafas olish va yo‘tal bilan bog‘liq muammolar paydo bo‘ladi. 

OIV tashxisi qo‘yilgan bemorlarda esa zamburug‘li o‘pka aspergillezini orttirish xavfi yuzaga keladi. Bu kasallik organizmga katta ziyon keltiradi. Mazkur kasallikning hatto o‘lim bilan tugagan holatlari qayd etilgan. 

Mavzuga oid