Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
MXX Tojikistondan afyun yetkazib berishni tashkil qilgan narkofurushlarni qo‘lga oldi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Urgut tuman sudida Tojikistondan O‘zbekistonga narkotik moddalar yetkazib berish bo‘yicha kanal tashkil qilgan ikki narkofurush ustidan sud bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik sud vakiliga asosan.
Urgut tumanilik ikki shaxs - Isroil Rahimov va Dilmurod Abdullayev jinoiy guruh tashkil etishgan va qo‘shni Tojikistondagi narkofurushlar bilan aloqa o‘rnatishgan. Birgalikda jinoyatchilar narkotik moddalarni yetkazib berish bo‘yicha kontrabanda kanalini yo‘lga qo‘yishgan.
"Isroil Rahimov va Dilmurod Abdullayev avvaldan kelishilgan reja asosida tojik hamtovoqlaridan yirik hajmdagi afyun moddasini olishgan. Ular bu moddalarni Urgut tumanidagi Chep aholi punkti hududida yashirishgan", - deya xabar berdi sud vakili.
Milliy xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan jinoyatchilar viloyat hududi va undan tashqarida narkotik moddalarni o‘tkazish uchun imkoniyat qidirishgani aniqlandi.
MXX xodimlari maxsus amaliyot doirasida Isroil Rahimovni qo‘lga oldi va uning yashash joyida tintuv o‘tkazildi, u yerda qariyb 4 kilogramm afyun topildi. Uning hamtovog‘i Dilmurod Abdullayev esa Toshkentda qo‘lga olindi. Uning yashash joyi ko‘zdan kechirilganda, taxminan 5 kilogramm afyun moddasi topildi.
Sudda jinoyatchilar o‘z aybini tan olishdi. Ayblanuvchilarning har biri 11 yilga ozodlikdan mahrum etildi.
Mavzuga oid
08:44 / 25.02.2025
2,4 gektar yerni 95 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi
17:52 / 04.12.2024
Tojikiston va Qirg‘iziston umumiy davlat chegarasini delimitatsiya qilishni yakunladi
17:13 / 29.11.2024
Tojikistonda bolalarni xivchin bilan savalagan ayol ushlangani ma’lum bo‘ldi
16:34 / 17.11.2024