Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent shahridagi xonadonlardan birini “o‘margan”likda gumonlangan shaxslar qo‘lga olindi
Noma'lum shaxslar Toshkent shahrining Yunusobod tumani 13-dahasida joylashgan ko‘p qavatli uydagi xonadonlardan biriga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirib, ko‘p miqdordagi pullarini o‘g‘irlab ketganlar. Bu haqda O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Ichki ishlar xodimlari tomonidan amalga oshirilgan tezkor-qidiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni, shu tumanda yashovchi 1994 yilda tug‘ilgan, Uchtepa tumanida yashovchi 1989 va 1991 yillarda tug‘ilgan shaxslar sodir etganligi aniqlanib, ular qo‘lga olindi.
“Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025