Islomobodda ko‘rgazma. O‘zbekiston mahsulotlari Pokistonga eksport qilinadi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o‘rinbosari rahbarligidagi delegatsiyaning Pokistonga tashrifi doirasida O‘zbekistonning Islomoddagi elchixonasida “Savdo karvoni: O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan” nomidagi doimiy faoliyat yurituvchi ko‘rgazma zalining rasmiy ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Jahon AA xabariga ko‘ra, tadbirda Pokiston hukumati, Islomobod, Sialkot, Lahor Savdo-sanoat palatalari, ushbu mamlakat ishbilarmon doiralari hamda yirik qurilish kompaniyalari vakillari va OAV vakillari ishtirok etdi.
Ko‘rgazma zalida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan 170 turdagi mahsulotlar, jumladan, 51 nomdagi qurilish materiallari, 48 nomdagi sanitariya texnikasi, 66 nomda kabel-o‘tkazgichlar va maishiy buyumlar taqdim etildi.
O‘zbekiston mahsulotlarining namoyish etilgan namunalari pokistonliklarda katta qiziqish uyotdi. Xususan, Bahria Town qurilish kompaniyasi va “O‘zsanoateksport” aksiyadorlik jamiyati o‘rtasida O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan qurilish materiallarini Pokistonga eksport qilish bo‘yicha hamkorlik qilish to‘g‘risidagi memorandum imzolandi.
Bundan tashqari, Pokistonning bir qator qurilish kompaniyalari va mobil aloqa operatorlari o‘zbekistonlik sheriklar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri munosabatlarni yo‘lga qo‘yishga qiziqish bildirishdi.
Ko‘rgazma ishtirokchilari shuningdek, zamonaviy va yuqori texnologiyalar asosida ishlab chiqarilgan maishiy texnika tizimi, jumladan, Artel kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilayotgan “aqlli” televizorlar va planshetlarga e'tibor qaratishdi. Pokiston vakillari ko‘rgazmaga qo‘yilgan o‘zbekistonlik sanoatchilar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar O‘zbekistonda iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sohasida muvaffaqiyatli islohotlar olib borilgani, bu esa dunyo bozorlarining barcha talablariga javob bera oladigan ishlab chiqarish salohiyati shakllanishiga xizmat qilganini ta'kidlashdi.
Taqdimot yakunlari Express Tribune, The Nation, Dispatch News Desk kabi Pokistonning markaziy nashrlari hamda PTV NEWS mahaliy televideniyesida keng yoritildi.
Tavsiya etamiz
Qimmatga tushgan liposaksiya: blogerni kimlar operatsiya qildi?
Jamiyat | 19:22 / 04.04.2025
NYT Germaniyadagi «urush ofisi» haqida surishtiruv e’lon qildi
Jahon | 15:18 / 04.04.2025
Minbardagi 25 soat: senator Buker nega bunday qildi?
Jahon | 22:47 / 03.04.2025
O‘zbekistonning 9 ta viloyatida sel xavfi e’lon qilindi
O‘zbekiston | 22:24 / 03.04.2025
Mavzuga oid

14:50 / 21.02.2024
Samarqandda qurilayotgan maktabda loyihadan chetga chiqib arzon qurilish materiallari ishlatilgani aniqlandi

21:11 / 03.03.2022
Foto: O‘zbekiston prezidenti tantanali kutib olindi

19:30 / 09.06.2021
20dan ortiq tuman va shaharlar qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtiriladi - prezident farmoni

21:52 / 26.05.2021