Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev joriy haftada Buxoro viloyatini tekshirishga boradi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning navbatdagi safari Buxoro viloyatiga bo‘ladi. «Kun.uz» saytining viloyat hokimligidagi manbasi tasdiqlashicha, ushbu safar joriy haftada amalga oshiriladi.
Olingan ma'lumotga ko‘ra, ayni vaqtda Buxoroda ushbu tashrifga tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Tashrif kunlari aniq aytilmadi, ammo bu safar 9-10 mart kunlari amalga oshirilishi mumkin.
O‘zbekiston prezidenti 6-7 mart kunlari Turkmanistonga tashrifini amalga oshirib, qaytib kelgan.
Ayni vaqtda tashrifga tayyorgarlik doirasida Buxoroga poytaxtdan amaldorlar yetib borishgan.
O‘tgan yilning dekabrida o‘tkazilgan prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Shavkat Mirziyoyev vazifasiga kirishganidan so‘ng viloyatlar bo‘ylab tashriflarini amalga oshira boshladi. U shu vaqtgacha Xorazm, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘ldi va hududlarda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishdi.
An'anaga ko‘ra u Buxoroda ham yirik sanoat obektlariga tashrif buyurib, viloyatdagi ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishi jarayoni bilan tanishishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
16:16 / 16.05.2025
Tanzila Norboyeva Buxoroda jinoyatchilikka qarshi kurashish masalalarini muhokama qildi
14:39 / 16.05.2025
Buxoroda yo‘ldan o‘tayotgan ayol ekskavator bosib ketishi oqibatida halok bo‘ldi
19:05 / 12.05.2025
Buxoro shahrida 3 ta mashina yonib ketdi
14:03 / 11.05.2025