Jamiyat | 23:38 / 08.03.2017
69303
1 daqiqa o‘qiladi

Toshkentda yana bir yirik avtofalokat ro‘y berdi

Toshkentning markaziy ko‘chalaridan biridagi chorrahada yo‘l-transport hodisasi ro‘y berdi. Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi “Voditeli Tashkenta” guruhida joylashtirilgan suratga qoldirilgan izohga ko‘ra, u shahardagi viloyat hokimiyatiga olib boruvchi yo‘lda Amir Temur xiyoboni va “Toshkent” univermagi chorrahasida sodir bo‘lgan. 

Suratda “Gazel” yuk mashinasi va “Neksiya” rusumli avtomobil o‘zaro to‘qnashib ketganini ko‘rish mumkin. Izoh qoldirgan foydalanuvchilardan ayrimlari “Neksiya” avtomobili haydovchisi aybdorligini yozishgan. 

Ushbu voqeada jabrlanganlar bor yoki yo‘qligi noma'lum. 

Mavzuga oid