Jahon | 10:43 / 08.03.2017
10572
2 daqiqa o‘qiladi

Tramp yana xato qildi: Obamani 113 nafar terrorchini ozod qilishda aybladi

Foto: Reuters

Jurnalistlar Amerika prezidenti o‘zi bergan bayonotlarga dalil-isbot keltira olmasligini oshkora mazax qila boshlashdi. 

AQSh prezidenti Donald Tramp navbatdagi xatosi bilan o‘zidan avvalgi prezident Barak Obamani 113 nafar terrorchini afv etishda aybladi. Uning fikricha, sobiq mahbuslar Guantanamo qamoqxonasidan chiqqach, jang maydoniga qaytishgan. 

Donald Tramp Twitter sahifasida “Obama ma'muriyati Guantanamodan ozod qilgan 122 nafar mahbus jang maydoniga qaytdi”, - deb yozgan edi

Keyinroq, Obama 113 nafar terrorchining ozod qilinishiga umuman aloqasi yo‘qligi ma'lum bo‘ldi. Ular Jorj Bush kichikning qarori bilan ozodlikka chiqqan. Obama tomonidan ozodlikka chiqarilgan yana bir terrorchi, hozircha, noma'lum sabablarga ko‘ra, jangarilar ro‘yxatidan chiqarilgan. 

Ta'kidlanishicha, Donald Tramp Twitter sahifasida shov-shuvli va xato bayonotlarni ko‘p beradi. Ish shunchalikka bordiki, Oq uydagi jurnalistlar ma'muriyat vakili Shon Spayserga murojaat qilib, Tramp qachongacha asoslab bera olmaydigan bayonotlar berishda davom etadi, deya savol berishgan. Oq uy matbuot kotibi bu savolga javobni so‘rashga va'da berdi. 

Толиб Раҳматов
Tayyorlagan Толиб Раҳматов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid