Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qashqadaryoda 10 yoshli bolani o‘ldirgan shaxs qo‘lga olindi
2017 yil 6 mart kuni soat 15:30larda Qashqadaryo viloyati Qarshi shahri Kat mahalla fuqarolar yig‘ini hududida joylashgan uydan 10 yoshli o‘g‘il bolaning o‘tkir tig‘li jism bilan ko‘p marotaba jarohat yetkazilgan holdagi jasadi topilgan, deb xabar beradi O‘zbekiston IIV matbuot xizmati.
Aniqlanishicha, noma'lum shaxs uni o‘ldirib, hovlida bo‘lgan "Damas" rusumli avtomashina hamda ichida pul va sariq metalldan yasalgan zargarlik buyumlari bo‘lgan temir sandiq (seyf)ni olib ketgan.
Qashqadaryo viloyati IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida avtomashina Mashrab ko‘chasi 17-uy oldida qoldirib ketilganligi aniqlangan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlar jarayonida mazkur mudhish jinoyatni sodir etishda gumonlanuvchi shaxs Kasbi-Kogon yo‘lida ketayotganida shu hududda xizmat olib borayotgan Kasbi tumani IIB Huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘limi militsiya tayanch punkti profilaktika inspektori Shuhrat Murodov tomonidan qo‘lga olingan.
Ushbu qotillikni sodir etganlikda gumonlanayotgan shaxs Qarshi shahrida yashovchi 1982 yilda tug‘ilgan shaxs bo‘lib chiqdi. Uning uyidan temir sandiqning kesilgan qoldiqlari hamda sumkasidan jabrlanuvchiga tegishli bo‘lgan pullar, obligatsiyalar va sariq metalldan tayyorlangan zargarlik buyumlari daliliy ashyo sifatida olindi.
“Holat yuzasidan O‘zbekiston Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirgi paytda tergov harakatlari olib borilmoqda”, - deyilgan IIV xabarida.
Mavzuga oid
19:37 / 04.06.2026
Qashqadaryolik eshak go‘shti savdogari: u uch oyda ikki bor sudlandi
16:51 / 22.05.2025
Vashingtonda Isroil elchixonasining ikki xodimi otib o‘ldirildi
19:54 / 08.05.2025
AQShda salkam 50 yil oldin sodir etilgan qotillik tamaki qutisidagi barmoq izlari orqali fosh qilindi
16:15 / 06.05.2025