Qoʻshimcha funksionallar
- 
                  Tungi ko‘rinish 
Tramp Wikileaks ma'lumotlaridan tashvishda
 
                                    Foto: AFP
AQSh prezidenti Donald Tramp Wikileaks saytida e'lon qilingan maxfiy ma'lumotlarning oshkor etilishi bilan bog‘liq holat bo‘yicha "qattiq tashvishda". Bu haqda Oq uy rasmiy vakili Shon Spayser bayonot bergan.
"Tramp maxfiy ma'lumotlar taqdim etilganidan jiddiy xavotirda ekanini aytgan. U ma'lumotlar aynan taqdim etilgani bilan bog‘liq ayblovlar sababli tashvishini bildiryapti. Biroq, hozircha, biz bu ayblovlarni tasdiqlay olmaymiz", — degan Spayser brifingda.
"Maxfiy ma'lumotlarni oshkor qilayotganlar qonunda belgilanganidek jazoga tortilishiga shubha qilmasangiz ham bo‘ladi, prezident ham bu haqda aytgan. Biz ularni ta'qib qilamiz va javobgarlikka tortamiz", — degan Spayser.
Eslatib o‘tamiz, Wikileaks sayti 7 mart kuni maxfiy hujjatlarga tayangan holda, Amerikaning Frankfurt shahridagi konsulligi MRBning "xakerlik" markazi vazifasini bajarishi haqida xabar qilgan edi. U Yevropa, Yaqin Sharq va Afrika mintaqalarida faoliyat yuritgan. Sayt xodimlarining fikricha, xakerlarga diplomatik pasportlar taqdim etilgan hamda davlat departamenti ularni yashirgan.
E'lon qilingan hujjatlardan birida Frankfurtga yo‘l olgan xakerlarga o‘zlarini qanday tutish kerakligi bo‘yicha qo‘llanmalar aks etgan. Ular mabodo so‘roqqa tutilsa, konsullikda texnik maslahatlar bilan shug‘ullanishlarini aytishlari talab etilgan.
Mavzuga oid
 
                        12:18 / 21.07.2024
Samarqandda xaker yigit taniqli boylarni aldab pullarini o‘zlashtirdi
 
                        19:07 / 14.01.2022
Rossiyada AQSh so‘rovi bilan yirik kiberguruh a’zolari qo‘lga olindi
 
                        14:30 / 26.09.2021
“Stavka ortidan kiberjinoyat olamiga kirib qolaman deb o‘ylamagandim” - Rossiyada hakerlik qilgan o‘zbek yigit hikoyasi
 
                        21:38 / 13.11.2020
 
               
             
              