Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniyada bolta bilan odamlarga tashlangan shaxs ruhiy xasta bo‘lishi mumkin
Germaniyaning Dyusseldorf shahrida bolta bilan odamlarga hujum qilgan va besh kishini yaralagan erkak ruhiy xasta bo‘lishi mumkin, deb xabar qildi Shimoliy Reyn-Vestfaliya federal yeri politsiyasi.
"Gumonlanuvchi sobiq Yugoslaviyadan bo‘lgan 36 yoshli erkak. U aftidan ruhiy xastalik bilan og‘riydi", - deb xabar berdi politsiya Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi o‘z sahifasida.
Hammasi bo‘lib yetti kishi jabrlangan, ulardan uch nafari og‘ir ahvolda. Politsiya surishtiruv ishlarini olib bormoqda.
Ayni damda jinoyat joyi o‘rab olingan. Huquq-tartibot idoralari vakillari vokzalni tekshiruvdan o‘tkazdi, mutaxassislar jinoyat joyida ish boshladi.
Politsiya taxminiga ko‘ra, jinoyatchi bir o‘zi harakat qilgan.
Politsiyaning xabar berishicha, gumonlanuvchi ta'qibdan qochmoqchi bo‘lgan, biroq politsiya tomonidan qo‘lga olindi. U ayni damda kasalxonada ekani aytilmoqda.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025
Germaniya kansleri Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
23:34 / 26.05.2025