Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Damashqda iroqlik ziyoratchilarga qilingan hujum qurbonlari soni 74 nafarga yetdi
11 mart kuni Suriya poytaxti Damashq shahrida ikki bomba portlashi natijasida halok bo‘lganlar soni 74 nafarni tashkil qilmoqda. Bu haqda Sky News Arabia xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, qurbonlar va jarohatlanganlarning aksar qismi iroqlik ziyoratchilar edi. Qurbonlarning 8 nafari bolalar, 11 nafari ayollar. Shuningdek, 20 nafar harbiy xizmatchi va maxsus xizmat xodimlari halok bo‘lgan.
Shaharda 2 portlash sodir etilgandi. Hujumlar Bob as-Sag‘ir qabristoni yaqinida ziyoratchilarni tashiyotgan avtobuslarga qaratilgan edi. Bu qabristonga 680 yilda bo‘lib o‘tgan Karbalo jangida halok bo‘lganlar ko‘milgan. Ayni vaqtda bu hudud shialarning muqaddas qadamjosi hisoblanadi.
Mavzuga oid
19:43 / 27.05.2025
Xitoydagi kimyoviy zavodda portlash sodir bo‘ldi
20:56 / 11.05.2025
“Buning oxiri bormi?” – kofrunliklar o‘z holiga tashlab qo‘yilganidan xavotirda
16:44 / 02.05.2025
«Damashqqa aniq signal». Isroil Suriya poytaxtiga zarba yo‘lladi
21:01 / 01.05.2025