Gaitida avtobus odamlarga urilishi oqibatida 30 dan ko‘proq odam halok bo‘ldi
12 mart kuni Gaitining shimolida karnaval vaqtida avtobus bir guruh ko‘cha mashshoqlariga borib urildi. Agence France-Presse axborot agentligining ma'lum qilishicha, buning oqibatida 34 kishi halok bo‘lgan, 15 kishi jiddiy jarohat olgan.
"Avval avtobus ikki yo‘lovchini urib yuborgan. So‘ngra yana ozgincha yurib, rara uslubida musiqa ijro etuvchi ko‘cha mashshoqlariga borib urilgan. Oqibatda 34 kishi halok bo‘lgan", deb ma'lum qilindi xabarda. Ta'kidlanishicha, avtobus haydovchisi boshqaruvni qo‘ldan chiqargan.
Voqea mamlakat poytaxti Port-o-Prens shahridan 150 km uzoqlikda joylashgan Gonaiv shahrida yuz bergan. Yaqin oradagi odamlar avtobusni yoqib yuborib, haydovchi va avtobusdagi yo‘lovchilardan o‘ch olishmoqchi bo‘lishgan. Huquq-tartibot idoralari avtobusdagilarni politsiya bo‘limida bazo‘r yashira olishgan. Voqea joyida shifokorlar va qutqaruv xizmatlari ish olib borishgan.
Mavzuga oid

20:24 / 20.05.2025
Sergeli va Yunusobodni tezyurar avtobus yo‘lagi bog‘laydi. Loyiha qiymati – 50 mln dollar

19:08 / 13.05.2025
Toshkentda avtobuslar uchun yo‘l o‘rtasidagi birinchi tezyurar yo‘lak qurilishi boshlanadi

14:39 / 13.05.2025
Urganchga Xitoydan 30 ta avtobus olib kelindi

15:08 / 11.05.2025