Niderlandiya bosh vaziri turk vazirining Rotterdamga kelishini tanqid qildi
Turkiyaning oila ishlari va ijtimoiy siyosat vaziri Fatma Betul Sayon Kayyaning Niderlandiyaning Rotterdam shahriga kelishi mas'uliyatsizlik deb baholandi. Bu haqda Niderlandiya bosh vaziri Mark Ryutte aytib o‘tdi.
"Turk tomoni bilan aloqalarda biz mamlakatdagi tartib va xavfsizlik xavfga qo‘yilmasligi kerakligini bir necha marotaba aytganmiz. Turkiya konsulligi yoki elchixonasidagi kichik tadbir haqidagi muzokaralar sanksiyalar xavfi sababli tugatilgandi. So‘ngra Niderlandiya ertalab Turkiya tashqi ishlar vaziri Mavlud Chovusho‘g‘lu samolyotining qo‘nishiga ruxsat bermadi. Bundan keyin tuk hukumati aytgan so‘zlar nomaqbuldir va ongli yechimni topish ilojsizga aylandi", deb aytdi Ryutte.
"Shu vaziyatda turk vaziri Fatma Betul Sayon Kayyaning safari mas'uliyatsizlik hisoblanadi. Turk tomoni bilan aloqalarda biz uning kelishini ma'qullamasligimizni va Niderlandiya turk vazirlari bilan siyosiy kampaniya o‘tkazish doirasida muloqot qilmasligini yana bir bor aytgandik. Biroq Kayya baribir kelishga qaror qilgan", deb qo‘shimcha qildi Niderlandiya bosh vaziri.
"Vazir Rotterdamga kelgandan keyin unga bir necha marotaba mamlakatni tark etish taklif qilingan", deb aytdi Ryutte va u ham, Niderlandiya tashqi ishlar vaziri Bert Kunders ham bu masala bo‘yicha turkiyalik hamkasblari bilan muzokaralar o‘tkazganini ta'kidlab o‘tdi. Natijada "Kayya kelgan joyiga – Germaniya chegarasiga jo‘natilgan".
Mavzuga oid
22:02 / 21.11.2024
O‘zbekistonning Belgiyadagi elchisi G‘ayrat Fozilov Niderlandiyada ham elchi etib tayinlandi
13:55 / 18.11.2024
Niderlandiyada o‘zbekistonlik mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslari tashkil etiladi
16:38 / 12.11.2024
Amsterdamdagi mojaro: aslida nimalar bo‘ldi?
00:11 / 12.11.2024