Fan-texnika | 19:52 / 13.03.2017
23965
1 daqiqa o‘qiladi
Bunaqasini aniq ko‘rmagansiz: “Xonda” uyning tomiga borib urildi
Xitoyda noodatiy avtofalokat ro‘y berdi - Honda CR-V yo‘ltanlamasi uyning tomi bilan to‘qnashib ketdi. CCTV+ hodisa videosini taqdim etgan.
Haydovchining voqea joyiga yetib kelgan politsiyachilarga tushuntirishicha, tepkilarni almashtirib yuborgan ekan.
Uning so‘zlariga ko‘ra, yo‘lida uch g‘ildirakli velosiped (aftidan, rikshaga o‘xshash bo‘lgan transport vositasi) paydo bo‘lganida taxminan soatiga 70 kilometr tezlikda harakatlanayotgan bo‘lgan. Uni aylanib o‘tish niyatida tezlikni pasaytirish o‘rniga gaz berish tepkisini bosgan va boshqaruvni yo‘qotgan.
Xabar qilinishicha, yo‘l-transport hodisasi oqibatida hech kim jarohat olmadi.
Mavzuga oid
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024
Qamchiq dovonida 3 ta yuk avtomobili va Mercedes-Benz Sprinter ishtirokida YTH yuz berdi
07:35 / 27.07.2024