Misrning sobiq prezidenti Husni Muborak va 200 dan ko‘proq faol ozod etiladigan bo‘ldi

Foto: AP
Misr bosh prokuraturasi qamoqda saqlanayotgan mamlakatning sobiq prezidenti Husni Muborakni ozodlikka chiqarishga rozilik berdi, deb xabar bermoqda "Al-Vatan" yangiliklar portali.
Mart oyi boshida Misr kassatsiya sudi 2011 yilgi tartibsizliklarda namoyishchilarning qotilligiga aloqadorlikda ayblangan Muborakka nisbatan oqlovchi hukm chiqardi.
Qamoq jazosini o‘tayotgan Muborak oxirgi yillar Qohiradagi harbiy gospitalda saqlangan.
Shuningdek, Misr prezidenti ruxsat berilmagan norozilik aksiyalarida qo‘lga olingan 200 dan ortiq yoshlarni afv etish haqidagi farmonni imzoladi.
Yosh faollarning Misr turmalaridan ozod qilinishi masalasi Sharm-ash-Shayhda o‘tgan yoshlar anjumanida ko‘tarilgandi. Unda mamlakat prezidenti ham ishtirok etgan. Anjuman yakuniga ko‘ra, davlat rahbari ushbu masalani hal qilish uchun jurnalistlar, jamoat arboblari, ichki ishlar va adliya vazirliklari vakillaridan tashkil topgan idoralararo komissiyani yaratish haqida qaror qabul qilgandi.
O‘tgan yil dekabrida hibsda ushlab turilgan 80 dan ko‘proq yosh afv etilib, ozodlikka chiqarilgandi.
Tavsiya etamiz
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
Isroil Suriyani bombaladi. Turkiya nega sukutda?
Jahon | 12:44 / 06.05.2025
May oyida vodiyda me’yorga yaqin harorat kutiladi, mamlakatning katta qismida oy xuddi iyun kabi o‘tadi
O‘zbekiston | 11:17 / 06.05.2025
Mavzuga oid

12:44 / 08.05.2025
Misrda o‘zbek tili grammatikasini o‘rganish bo‘yicha darslik yaratildi

14:05 / 03.05.2025
Misr O‘zbekistonda qurilish yo‘nalishidagi loyihalar yuzasidan muzokara o‘tkazmoqda

12:58 / 03.05.2025
Misrda o‘zbekistonlik talabalar uyushmasi tashkil etilishi mumkin

11:11 / 03.05.2025