Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tadqiqot: Janubiy Koreya demokratlarining sobiq rahbari prezidentlik lavozimi uchun favorit
Janubiy Koreyaning Demokratik partiyasi sobiq rahbari Mun Chje In mamlakatning deyarli barcha viloyatlarida o‘tkazilgan reyting so‘rovlarida yetakchilik qilmoqda. Yonxap yangiliklar agentligi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalari shuni isbotlamoqda.
O‘tgan yakshanba kuni o‘tkazilgan ijtimoiy so‘rovga ko‘ra, Mun Chje Inni fuqarolarning 29,9 foizi qo‘llab-quvvatlamoqda. Ikkinchi o‘rinda Chxunchxon-Namdo viloyati hokimi An Xi Chjon 17 foizlik ovoz bilan bormoqda.
So‘rovda 2 mingdan ortiq inson qatnashgani ta'kidlanmoqda.
2012 yili Janubiy Koreyada o‘tkazilgan oxirgi prezidentlik saylovida Mun Chje In Pak Kin Xega mag‘lub bo‘lgan edi. Pak Kin Xe mamlakatdagi korrupsiya mojarosi tufayli iste'foga chiqarilgandi.
Janubiy Koreyadagi navbatdan tashqari prezidentlik saylovlari 9 maydan kechikmasdan bo‘lib o‘tadi.
Mavzuga oid
10:43 / 26.05.2025
“Koreyada olgan tajribani qishlog‘imda qo‘llamoqchiman” – bo‘sh yerlarni o‘zlashtirayotgan shahrixonlik yigit
00:47 / 24.05.2025
Janubiy Koreya loukosteri Seul-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha muntazam qatnovlarni yo‘lga qo‘ydi
17:25 / 07.05.2025
T'way Air Seuldan Toshkentga parvozlarni yo‘lga qo‘yadi
21:14 / 05.05.2025