Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada terrorchilar yashirinadigan 20ga yaqin nuqta yo‘q qilindi
Turkiyaning janubi-sharqida Kurdiston Ishchilar partiyasiga qarshi keng ko‘lamli amaliyot o‘tkazilmoqda.
Chegara hududidagi Diyorbakir va Bingel viloyatlarida joylashgan Kulp, Lidjye va Xani tumanlarida o‘tkazilayotgan ushbu tadbirlarga xavfsizlik kuchlarining 7 ming nafardan ortiq xodimi jalb etilgan.
Diyorbakir gubernatori ma'lumotiga ko‘ra, Lidjye tumanida terrorchilarga aloqadorlikda gumon qilinib, 2 kishi qo‘lga olingan. Shu hududda joylashgan ikkita qishloqdagi 8ta uy tintuv qilingan.
Umuman, amaliyot boshlangan 5 mart kunidan buyon shu vaqtga qadar partiya vakillari yashirinadigan 19ta boshpana, shuningdek partiyaning 7ta obekti va ulkan miqdordagi giyohvand moddalari partiyasi yo‘q qilingan.
Mavzuga oid
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
17:01 / 24.05.2025
Turkiyada «Sulton Sulaymon» 1 yil 10 oy shartli qamoq jazosiga hukm qilindi
15:49 / 24.05.2025
O‘zbekiston Shusha deklaratsiyasiga qo‘shilgani haqidagi xabarlar rad etildi
21:12 / 23.05.2025