Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin Naina Yeltsinani tug‘ilgan kunida mukofotladi
Rossiya prezidenti Vladimir Putin sobiq prezident Boris Yeltsinning rafiqasi Naina Yeltsinani "Muqaddas Yekaterina" ordeni bilan taqdirladi. Bu haqda Kreml matbuot xizmati xabar tarqatgan.
Davlat rahbari Yeltsinaning "ijtimoiy ahamiyatga ega gumanitar dasturlar hamda xayriya ishlaridagi faol ishtiroki"ni qayd etib o‘tgan.
Naina Yeltsinaga bu mukofot 85 yoshini nishonlayotgan kunda topshirildi. U marhum turmush o‘rtog‘ining vafotidan keyin B.N. Yeltsin nomidagi prezident markazining vasiylik kengashiga a'zo bo‘lib kirgandi. U o‘tgan vaqt ichida turli ijtimoiy tadbirlarda faol ishtirok etib keladi.

