Jahon | 17:57 / 10.12.2016
14190
2 daqiqa o‘qiladi

Naina Yeltsina: Nikita Mixalkov mamlakatimiz rivoji uchun ishlagan kishilarni haqorat qilmoqda 

Rossiya birinchi prezidentining rafiqasi Naina Yeltsina rejissyor Nikita Mixalkovning “Boris Yeltsin nomidagi prezidentlik markazi”ni (Yeltsin-markaz) bolalarning milliy o‘zligini anglashiga halal berayotgani haqidagi tanqidiga javob qaytardi. Uning so‘zlari yeltsin.ru saytida keltirilgan.

«Uning bir necha oylar davomida Rossiyaning birinchi prezidenti muzeyida mamlakat tarixi qanday taqdim etilgani borasida yolg‘on tarqatishidan hayratdaman. U o‘sha yillarda mamlakatimiz rivoji uchun ishlagan kishilarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri haqorat qilmoqda», - deb yozgan Yeltsina.

Foto: ngzt.ru

Uning ta'kidlashicha, Mixalkov Yeltsin-markazga biron marta ham kelmagan, va ushbu muassasaning faoliyati haqida o‘z fikrinini bildirishga haqli emas.

Avvalroq, taniqli rejissyor Yeltsin-markazni tanqid qilib chiqqandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, muassasa har kuni bolalarning o‘zini-o‘zi anglashiga halaqit bermoqda, sababi Rossiya tarixi borasida noxolis baho beradi.

Ma'lumot uchun, «Boris Yeltsin nomidagi prezidentlik markazi» Yekaterinburgda 2015 yilning noyabrida ochilgan. U Rossiyada prezidentlik institutini o‘rganish va uni rivojlantirish, huquqiy davlat qurishga ko‘maklashuvchi tashkilot sifatida tanilgan bo‘lib, o‘z ichiga muzey, kutubxona, arxiv, ta'lim va bolalar markazi, shuningdek ko‘rgazma zallarini qamrab oladi.

Mavzuga oid