Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Braziliyada ikki sobiq prezident ishtirokidagi korrupsiya mojarosi avj olmoqda
Braziliya Bosh prokurori Rodrigu Jano mamlakatning ikki sobiq prezidentlari Dilma Russeff va Luis Inasiu Lula da Silvaga nisbatan korrupsiya bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atishni so‘ramoqda. Bu haqda Globo gazetasi o‘z manbalariga asoslangan holda xabar qilmoqda.
Bundan tashqari, prokurorning ro‘yxatida kamida besh nafar amaldagi federal vazir, xususan, yangi tashqi ishlar vaziri Aloiziu Nunesning ismi-sharifi bor.
Bosh prokuror Jano Braziliya Oliy federal sudga murojaat qilib, jami 83 nafar siyosatchiga nisbatan korrupsiya bo‘yicha tergov olib borishga ruxsat berishni so‘ragan. Ta'kidlanishicha, barcha mulozimlarning nomlari rasman ma'lum qilinganicha yo‘q. Bundan tashqari, Jano oddiy fuqarolarga nisbatan yana 211ta so‘rovni tayyorlab qo‘ygan.
Mavzuga oid
14:45 / 22.05.2025
NYT: Rossiya Braziliyadan «josuslar fabrikasi» sifatida foydalangan
20:37 / 12.05.2025
Karlo Anchelotti Braziliya milliy jamoasiga bosh murabbiy bo‘ldi
10:40 / 05.05.2025
Braziliya politsiyasi Ledi Gaga konsertidagi teraktning oldini oldi
19:37 / 01.05.2025