Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Germaniya turk siyosatchilariga mamlakatga kiritmaslik bilan tahdid qildi
Germaniya hukumati turk siyosatchilarni mamlakatga kiritmasligi mumkin. GFR federal kansleri idorasi rahbari, alohida vazifalar bo‘yicha vazir Peter Altmayyer shunday bayonot berdi, deb xabar qilmoqda DPA agentligi.
Altmayyerning ta'kidlashicha, Berlinda mamlakatga xorijiy davlatlar hukumati a'zolarini kiritmaslik bo‘yicha yetarli huquqiy imkoniyatlar bor. "Vazirlar mahkamasi haligacha o‘zining xalqaro-huquqiy imkoniyatiga ega ekanligi, kelajak uchun bepul chipta emas", - dedi u. "Kirishga taqiq qo‘yish so‘nggi vosita bo‘lar edi. Biz undan foydalanish huquqiga egamiz", - deya ta'kidlab o‘tdi kansler idorasi rahbari.
Ma'lumot uchun, Berlin va Anqara munosabatlaridagi keskinlik bir hafta avval, GFRda turk vazirlari ishtirokidagi ikkita tadbir bekor qilinganidan so‘ng yuzaga keldi. O‘z navbatida, Anqara siyosatchilarining chiqish qilishiga qo‘yilgan taqiqni natsistlar xatti-harakatiga o‘xshatdi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025