Tailandda sobiq bosh vazir Chinavatdan 348 million dollarni undirib olishmoqchi
Tailand hukumati maxsus qaror bilan mamlakat soliq xizmatiga muhojirlikda bo‘lgan sobiq bosh vazir Taksin Chinavatdan to‘lanmagan soliqlar uchun 348 million dollarni undirib olish vazifasini yukladi. Bu haqda Bangkok Post gazetasi xabar bermoqda.
Hukumatning fikricha, soliq Chinavatga tegishli bo‘lgan Shin Corp telekommunikatsiya xoldinggi aksiyalarini 2006 yilda xorijiy (singapurlik) xaridorlarga sotish bo‘yicha kelishuvdan kelib chiqqan.
Shin Corp – Osiyodagi eng yirik telekommunikatsiya guruhlaridan biri bo‘lib, Chinavat tomonidan 1990 yillarda tashkil etilgan. U siyosat bilan shug‘ullana boshlagach, xoldingni oilasi a'zolari nomiga rasmiylashtirilgan ofshor kompaniyalaridan biriga o‘tkazib bergan. 2006 yilda Chinavatning o‘g‘li va qizi o‘sha ofshor firmadan xoldingga tegishli 329 million aksiyalarni “xarid qilishdi” hamda uni bir aksiya uchun 1,2 dollar narxida Singapur kompaniyasiga sotib yuborishgan. Shu bilan birga, bu kelishuvdan hech qanday soliq to‘lanmagan, sababi u xorijiy yuridik shaxslar o‘rtasida amalga oshirildi. Chinavatni hokimiyatdan chetlatgan harbiy to‘ntarishdan so‘ng, Tailand soliq sudi Shin Corp aksiyalari Chinavatning o‘ziga tegishli bo‘lganini aniqladi hamda pullar aynan undan undiriladigan bo‘ldi. Chinavat bu vaqtga kelib chet elga ketib bo‘lgandi.
31 mart kuni 2006 yilgi kelishuv bo‘yicha soliq to‘lamaslik haqidagi o‘n yillik muddat o‘z yakuniga yetadi. OAV ma'lumotiga ko‘ra, Tailand bosh vaziri Prayut Chan-Ocha milliy soliq inspeksiyasi rahbarini ko‘rsatilgan sanaga qadar Chinavatdan soliq qarzlarini undirib olish mexanizmi ishga tushirilmasa, ishdan bo‘shatish bilan tahdid qilgan.
Mavzuga oid
23:19 / 01.10.2024
Tailandda 40 ga yaqin o‘quvchi va o‘qituvchilarni olib ketayotgan avtobus yonib ketdi. Kamida 20 kishi halok bo‘lgani aytilmoqda
21:12 / 29.09.2024
Tailand hukumati iqtisodiyotni rag‘batlantirish uchun fuqarolarga 300 dollardan tarqatishni boshladi
01:00 / 29.09.2024
Tailandda fermer devor qulashi xavfi sabab 100 dan ortiq timsohini o‘ldirishga majbur bo‘ldi
13:20 / 27.09.2024