Britaniyaning Kiprdagi harbiy bazasida 800 mingta sayroqi qush o‘ldirildi

Britaniyaning Kiprdagi harbiy bazasi rahbariyati baza hududida juda ko‘p miqdorda sayroqi qushlar yo‘q qilinishiga xalaqit bermaganligi sababli tanqid qilindi.
Olimlarning so‘nggi hisobotiga ko‘ra, 2016 yilda Kiprda 1,7 millionta qush yo‘q qilingan. Shu bilan birga, taxminan 100 kvadrat kilometr maydonni egallovchi Britaniya harbiy bazasi hududida 800 mingta qush o‘ldirilgan.
Britaniya qushlarni himoya qilish qirollik jamiyati va Birdlife Cyprus tashkiloti ma'lumotiga ko‘ra, Kiprdagi Pil burni orqali Afrika, Yevropa va Osiyodan uchib o‘tuvchi barcha qushlarning qariyb yarmi ko‘chib o‘tadi.
Aynan shu yerda noqonuniy ovlovchilar eng ko‘p qushlarni ushlashadi. Keyinchalik ular qora bozorda sotiladi va tansiq taomlarni tayyorlashda foydalaniladi.
Har bir qushni taxminan bir yevrodan sotishadi. Restoranda esa 12ta qushlik taom taxminan 60 yevro turadi.
Xabar qilinishicha, noqonuniy ovchilar akas butalarida ingichka to‘rlarni joylashtirishadi, ular deyarli ko‘zga ko‘rinmaydi hamda qushlarni jalb qilish uchun ularning sayrashi yozib olingan yozuvlarni qo‘yishadi.
Tadqiqotchilar fikricha, bunday to‘rning bittasiga taxminan 400ta qush tushishi mumkin.
Endilikda olimlar britaniyalik harbiylarni o‘z bazalari hududidan akas butalarini olib tashlamaslikda ayblashmoqda, bu noqonuniy ovchilarga ularni o‘sha yerda tutishga yaxshi imkoniyat beradi.
Mavzuga oid

15:06 / 16.04.2025
Britaniya Huquqshunoslik universiteti O‘zbekistonda o‘z kampusini tashkil etishi mumkin

12:47 / 09.04.2025
Britaniyaning yirik investitsiyaviy holdingi O‘zbekiston bozoriga kirmoqchi

12:05 / 07.04.2025
Telegraph: Britaniya suvlarida Rossiyaning josuslik datchiklari topildi

22:37 / 02.04.2025