Jahon | 09:28 / 16.03.2017
5674
2 daqiqa o‘qiladi

Xitoy juda yirik observatoriyani qurmoqchi

Xitoy hukumati 2021 yilga kelib fazoviy nurlanishni tadqiq qilish uchun yirik observatoriyani qurish niyatida. U Sichuan viloyati hududida joylashadi hamda mamlakatga galaktikalar (Quyosh sistemasini o‘z ichiga olgan yulduzlar tizimi, Somon yo‘li) shakllanishi tarixi va koinotdagi o‘zgarishlarni batafsil o‘rganish imkonini beradi. Bu haqda China Daily gazetasi xabar berdi.

Loyiha rivojlanish va islohotlar ishi bo‘yicha davlat qo‘mitasi tomonidan ma'qullandi, unga 1,2 mlrd yuan (180 million dollar) mablag‘ ajratish mo‘ljallanmoqda. Observatoriya dengiz sathidan 4,4 ming metr balandlikda joylashadi.

"Bu loyiha Xitoy tomonidan fazoviy nurlanish sohasidagi tadqiqotlarda muhim o‘rin egallaydi", - deya ta'kidlaydi mahalliy tahlilchilar.

Olimlarnig qayd etishicha, alohida e'tibor relikt (qadim zamondan qolgan) nurlanishga qaratiladi, u koinotda avvaldan bor bo‘lib, asta-sekin uni to‘ldirib bormoqda. 1965 yilda uning borligi tajriba yordamida isbotlandi. Relikt nurlanish Katta portlashning asosiy isbotlaridan biri sifatida ko‘riladi.

Mavzuga oid