Jahon | 22:03 / 16.03.2017
13694
2 daqiqa o‘qiladi

Trampning ikki qo‘riqchisi uning uyqudagi nabirasi bilan selfi tushdi

Davlatning birinchi raqamli shaxslari muhofazasi bilan shug‘ullanuvchi AQSh Maxfiy xizmati prezident Donald Trampning ikki qo‘riqchisiga nisbatan tergovni yo‘lga qo‘ydi. Gap shundaki, qo‘riqchilar Trampning uxlab yotgan nabirasi bilan suratga tushishgan. Bu haqida Mother Jones shaxsiy manbasiga tayanib xabar berdi. 

Manbaga ko‘ra, xizmat muddatini o‘tayotgan Maxfiy xizmat xodimlari 8 yoshli Donald Tramp-uchinchi (kenja Donald Trampning o‘g‘li) bilan  suratga tushish uchun o‘z xizmat joylarini tark etishgan. Voqea o‘tgan dam olish kunlari, qo‘riqchilar uni Uestchester okrugi (Nyu-York)dan Manxettenga olib ketayotganlarida ro‘y bergan. Ular uyqudagi bola bilan suratga tushayotganlarida bola uyg‘onib ketgan va manziliga yetganidan so‘ng ota-onasiga bu haqida aytib bergan. Natijada Maxfiy xizmat rahbariyati bundan xabar topgan. 

"AQSh Maxfiy xizmati bizning ikki xodimimiz va himoyadagi shaxs bilan bog‘liq ishdan xabar topdi, - deyiladi TASSga kelib tushgan ma'lumotda. - Bizning professional mas'uliyatni his qiluvchi Boshqarmamiz faktlarga oydinlik kiritish va tegishli bayonotlar hamda jarayonlarga rioya qilinishini ta'minlash maqsadida doimo barcha savollarni izchillik bilan ko‘rib chiqadi. Maxfiy xizmat masala mohiyatini buzishi mumkin bo‘lgan shoshilinch xulosalardan saqlaydi".

Mavzuga oid