Jamiyat | 09:09 / 17.03.2017
10721
2 daqiqa o‘qiladi

Hayot uchun kurash: Muxbirlar Etna vulqoni otilishidan qochishlarini tasvirga tushirishdi

«Bi-bi-si»ning suratga olish guruhi va 8 nafar sayyoh Etna vulqonining kutilmaganda otilishi tufayli jarohatlar oldi. «Bi-bi-si» tasvirchisi voqeani videoga olishga muvaffaq bo‘ldi. Bu haqda nashrning o‘zi xabar berdi hamda videoyozuvni taqdim etdi.

Etnadagi suratga olish guruhi tarkibida bo‘lgan «Bi-bi-si» muxbiri Rebekka Morelning aytishicha, jurnalistlar tog‘dan pastga qarab tezlikda chopib tushishlari hamda yonayotgan tog‘ toshlari va qaynayotgan bug‘dan o‘zlarini olib qochishlariga to‘g‘ri kelgan. Uning tan olishicha, bunday holatni yana bir bora boshidan o‘tkazishni istamagan bo‘lardi.

Morelning xabar berishicha, tog‘dagi barcha kishilar yuz bergan hodisadan so‘ng xavfsiz joyga ko‘chirildi.

Suratga olish guruhi biroz o‘ziga kelganidan so‘ng, tasvirchi Reychel Prays lava bo‘laklaridan biri uning kurtkasini kuydirib tashlaganini aniqladi.

Turistlar va guruh a'zolaridan hech biri jiddiy jarohatlarni olmagan.

Vulqonshunoslar bunday holatlarni «freatik otilish» deb nomlaydilar: bunda lavaning juda katta harorati (ming darajagacha borishi mumkin) bir zumda qor va muzni bug‘ga aylantirishi va uni kengayganidan so‘ng, qadimgi jinslarning portlashiga olib keladi.

Mavzuga oid