Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston fuqarolari Qirg‘izistonning Novqat tumanidan yer sotib olishdimi?
O‘zbekiston fuqarolariga Qirg‘izistonning Novqat tumanidagi 131 gektar yer maydoni sotilgani haqidagi ma'lumotlar haqiqat emas. Bu haqda 24.kg Qirg‘iziston bosh prokuraturasi matbuot xizmatiga asosan xabar berdi.
Mahkama ma'lumotiga ko‘ra, Jana-Novqat qishloq kengashi Don-Qishtak qishlog‘ining 142 nafar aholisiga yer maydonlari ajratgan (olti sotixdan). Tekshiruvlarda aniqlanishicha, yer maydonlari faqatgina Qirg‘iziston fuqarolariga taqdim etilgan.
O‘zbekiston fuqarolariga yer maydoni sotilgani haqidagi ma'lumotlar o‘z tasdig‘ini topmadi.
Eslatib o‘tamiz, yanvar oyi boshida Novqat tumani aholisi 150 nafar o‘zbekistonlikka yerlar sotilgani haqida ma'lum qildi. Mahalliy hokimiyat va hukumat vakillari bu ma'lumotlarni rad etishdi, biroq bosh prokuraturaga tekshiruv o‘tkazish vazifasi yuklatildi.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
19:02 / 22.05.2025
Rossiyada xitoylik va o‘zbekistonlik ishchilar ommaviy mushtlashdi
20:42 / 20.05.2025