Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
APL. «Chelsi»dan chempionlik sari yana bir qadam, «Lester»da yana g‘alaba, «Everton» «MYu»ning o‘rnida
Angliya chempionatining 29-turida yana 5 uchrashuv o‘tkazildi.
«Lester» Raneri ketishidan keyingi to‘rtinchi uchrashuvda ham g‘alaba qozondi, «Chelsi» «Stok Siti»ga qarshi o‘yin oxirida g‘alabani ilib ketdi, «Everton» esa o‘z uchrashuvida yirik hisobda g‘alaba qozonib, «MYu»ning o‘rnini «tortib oldi».
«Lester» tur doirasidagi uchrashuvini Londonning «Vest Hem» jamoasiga qarshi o‘tkazdi va 3:2 hisobidagi g‘alabaga erishdi. Mehmonlarning gollari Riyoz Mahrez, Robert Hut va Jyeymi Vardi tomonidan urildi, mezbonlarning javob gollariga Lansini va Andre Ayyu mualliflik qildi.
Shu tariqa Klaudio Raneri iste'foga chiqarilgach o‘tkazilgan to‘rtinchi uchrashuvida ham «Lester» g‘alaba qozonmoqda. Bungacha APL doirasida Kreyg Shekspir bosh murabbiyligida «Liverpul» va «Hall» 3:1 hisoblarida, YeChL doirasida esa «Sevilya» 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratilgandi.
«Lester» bu g‘alabadan keyin ochkolari sonini 30taga yetkazib, xavfli hududdan yanada uzoqlashdi. «Vest Hem» 33 ochkosi bilan 11-o‘rinda qoldi.
«Chelsi» «Stok Siti» maydoniga safar qilib, 87-daqiqada urilgan gol evaziga g‘alaba qozondi. Mehmonlar safida gollarga Villian va Gari Keyhill mualliflik qildi, g‘alaba goli 87-daqiqada urilgan. «Stok Siti»ning goli Jonatan Uolters tomonidan penalti orqali urilgandi.
Endilikda «Chelsi» ochkolari sonini 69taga yetkazgan holda turnir jadvalida peshqadamlikni davom ettirdi, «Stok Siti» 36 ochkosi bilan to‘qqizinchi pog‘onada qolmoqda.
Kuchli to‘rtlikka kirish uchun kurash olib borayotgan «Everton» «Hall»ga hech qanday imkon qoldirmadi. Avvaliga Kelvert-Lyuin va Valensiyaning gollari evaziga o‘yin taqdirini amalda hal qilgan mezbonlar o‘yin oxirida jamoa va liga to‘purari Lukakuning 2 goli evaziga 4:0 hisobida g‘alaba qozondi. Endilikda Kuman shogirdlari ochkolari sonini 50taga yetkazdi va «MYu»ni quvib o‘tib, oltinchi o‘ringa joylashdi.
Turning yana ikki uchrashuvida «Kristal Pelas» «Uotford»ni mag‘lub etdi (1:0), «Sanderlend» va «Byornli» uchrashuvida hisob ochilmadi (0:0).
Angliya chempionati
29-tur
Vest Hem – Lester 2:3
Gollar: 0:1 – 5 Mahrez, 0:2 – 7 Hut, 1:2 – 20 Lansini, 1:3 – 38 Vardi, 2:3 – 63 Ayyu.
Vest Hem – Rendolf, Fonte, Kressuell, Bayrem, Rid (Snodgrass, 18), Kuyate, Obiang, Lansini, Antonio, Ayyu, Kerroll.
Lester – Shmeyxel, Hut, Fuks, Simpson, Benaluan, Drinkuoter, Ndidi, Olbrayton, Mahrez, Okadzaki, Vardi.
Ogohlantirish: Drinkuoter (56).
Stok Siti – Chelsi 1:2
Gollar: 0:1 – 13 Villian, 1:1 – 38, penalti Uolters, 1:2 – 87 Keyhill.
Stok Siti – Grant, Shoukross, Kemeron, Piters, Martins Indi, Sobxi, Allen, Arnautovich, Bardsli, Beraxino (Diuf, 61), Uolters.
Chelsi – Kurtua, David Luiz, Keyxill, Alonso, Aspilikueta, Matich (Loftus-Chik, 82), Mozes (Fabregas, 70), Villian (Zuma, 88), Kante, Pedro, Diyego Kosta.
Ogohlantirishlar: Allen (15), Diyego Kosta (17), Bardsli (40), Martins Indi (65), Piters (65).
Everton – Hall 4:0 (1:0, 3:0)
Gollar: 1:0 – 9 Kelvert-Lyuin, 2:0 – 78 Valensiya, 3:0 – 90 Lukaku, 4:0 – 90 Lukaku.
Everton – Robles, Uilyams, Beyns, Koulmen, Jagelka, Barkli, Shnayderlin (Berri, 30), Devis (Valensiya, 77), Guyye, Lukaku, Kelvert-Lyuin (Funes Mori, 56).
Hall – Yakupovich, Devis (Grositski, 64), Ranokkiya, Maguayr, Elabdellaui, Ndiayye, Markovich (Al-Muhammadi, 86), Klukas, Haddlstoun, Robertson, Ernandes (Diomande, 82).
Ogohlantirishlar: Uilyams (63), Berri (79).
Kristal Pelas – Uotford 1:0 (0:0, 1:0)
Gol: 1:0 – 68, avtogol Dini.
Kristal Pelas – Hennessi, Sako, Tomkins (Denn, 83), Uord, Milivoyevich, Panchon, Zaa, Taunsend (Dileyni, 87), Kabay (Sako, 87), Shlupp, Benteke.
Uotford – Gomes, Predl, Kabul, Britos, Yanmat (Amrabat, 63), Kleverli (Saksess, 80), Kapu, Bexrami (Dukure, 46), Ketkart, Nyang, Dini.
Ogohlantirishlar: Kleverli (38), Predl (66).
Sanderlend – Byornli 0:0 (0:0, 0:0)
Sanderlend – Pikford, Denayyer, Ovedo, Jons, O′Shi, Gibson (Ndong, 74), Roduell, Larsson (Xazri, 78), Yanuzay, Borini, Defo.
Byornli – Xiton, Kin, Uord, Louton, Mi, Boyd (Breydi, 74), Barton, Xendrik, Arfild, Barns (Vouks, 65), Grey.
Ogohlantirishlar: Barton (23), Gibson (58), Borini (81), Djons (86).
Mavzuga oid
14:01 / 12.05.2025
Yevropa chempionatlarida YeChL uchun kurash qizimoqda. Kun o‘yinlari
21:06 / 10.03.2025
Britaniya hukumati sud orqali Abramovichning 2 mlrd funtini tortib olmoqchi
11:30 / 26.01.2025
Mbappeda ilk het-trik, Husanovda omadsiz debyut. Kun o‘yinlari
01:58 / 26.01.2025