Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kuvayt amiri Turkiyaga rasmiy tashrif uyushtiradi
Kuvayt amiri shayx Saboh al-Ahmad 19 mart kuni Turkiyaga o‘zining 4 kunlik rasmiy tashrifini amalga oshiradi. Rasmiy tashrif davomida u prezident Rajab Toyib Erdo‘g‘an bilan muzokaralar olib boradi.
Siyosatchilar mintaqadagi so‘nggi voqealar va ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarni yanada yaxshilash yo‘llarini muhokama qilishadi.
Kuvayt axborot agentligining xabar berishicha, shayx Sabohning Turkiyaga rasmiy tashrifi ikki mamlakatning siyosiy, iqtisodiy va xavfsizlik sohalaridagi hamkorligini yanada kengaytirishga bo‘lgan qiziqishning bir qismidir.
Eslatib o‘tamiz, Kuvayt va Turkiya 1970 yilda diplomatik aloqalarni yo‘lga qo‘ygan va aynan shu yili transport sohasidagi hamkorlik bo‘yicha bitim imzolagan.
Mavzuga oid
08:51 / 04.06.2026
Kuvayt aeroportida Eronning dron zarbasi oqibatida 1 kishi vafot edi, o‘nlab insonlar jarohatlandi
10:12 / 20.05.2025
O‘zbekistonda yana uch davlat fuqarolari uchun vizasiz rejim belgilandi
13:10 / 13.05.2025
Kuvaytlik shifokorlar Qoraqalpog‘istonda jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazdi
11:00 / 12.05.2025