Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Real» g‘alaba qozonib, «Barselona»dan 5 ochkoga ilgarilab ketdi
Ispaniya chempionatining 28-turida «Real» «Atletik»ka qarshi o‘yin o‘tkazdi. «San Mames» stadionida kechgan uchrashuvda Zidan shogirdlari muhim g‘alabani qo‘lga kiritdi.
Uchrashuvda Benzema hisobni ochgandi, ikkinchi bo‘limda, 65-daqiqada mezbonlarning faxriy hujumchisi Arits Aduris hisobni tenglashtiruvchi golni urdi. Ammo 3 daqiqa o‘tib madridliklar jamoasi tayanch yarim himoyachisi Kazemiro hisobni 2:1 ko‘rinishiga keltirdi.
O‘yinda shu hisob saqlanib qoldi. E'tiborli jihati, «Real»ning ikki goliga ham Krishtianu Ronaldu pas uzatdi.
Endilikda Primera turnir jadvali yetakchisi «Real» ochkolari sonini 65taga yetkazdi va «Barselona» bilan oradagi farqni 5taga oshirdi. «Atletik» 44 ochkosi bilan yettinchi o‘rinda joylashgan.
Ispaniya chempionati, 28-tur
Atletik – Real Madrid 1:2 (0:1, 1:1)
Gollar: 0:1 – 25 Benzema, 1:1 – 65 Aduris, 1:2 – 68 Kazemiro.
Atletik – Arrisabalaga, Inigo Lekue (Muniain, 59), Laport, Yyeray Alvares, De Markos, Raul Garsiya (Susayeta, 86), Iturraspe, Inyaki Uilyams, Benyat (Mikel Riko, 79), Balensiaga, Aduris.
Real Madrid – Navas, Nacho, Marselo, Karvaxal, Ramos, Modrich (Vaskes, 62), Kazemiro, Kroos, Beyl, Ronaldu (Isko, 79), Benzema (Morata, 85).
Ogohlantirishlar: Aduris (28), Karvaxal (28), Kazemiro (31), Kroos (71), Navas (90).
Mavzuga oid
10:44 / 26.05.2025
Hakamning xatosi «Aston Villa»ni, «Yuventus»ning penaltisi «Roma»ni YeChLsiz qoldirdi. Kun o‘yinlari
09:45 / 25.05.2025
«Bernabeu» Modrich va Anchelotti bilan xayrlashdi. «Real» fanatlari ko‘z yoshlarini tiya olmadi
20:38 / 22.05.2025
Modrich «Real»ni tark etadi
11:33 / 19.05.2025