Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiya har oy Yevropaga 15 ming qochqin yuborish bilan tahdid qilmoqda
Turkiya Yevropa Ittifoqi Anqaraga nisbatan nodo‘stona siyosatni davom ettiraversa, har oy Yevropaga 15 ming nafardan qochqin yuborishga tayyor, deb aytdi Turkiya ichki ishlar vaziri Sulaymon So‘ylu. Bu haqda Hurriyet nashri xabar bermoqda.
Uning aytishicha, Turkiya Yevropani karaxt holga keltirishi mumkin.
"Siz bir narsani yodda saqlashingiz kerak, siz mintaqada o‘z o‘yiningizni qurish siyosatini olib borar ekansiz, Anqarani hisobga olmasligingiz mumkin emas", deb aytgan vazir.
So‘ylu, shuningdek, Germaniya va Niderlandiyani Turkiyadagi aksilhukumat namoyishlarga aloqadorlikda va Turkiyada amalga oshmay qolgan davlat to‘ntaruviga urinishda aybladi.
Mavzuga oid
13:59 / 28.05.2025
Germaniya rasmiylari Isroilning G‘azodagi harakatlarini tanqid qildi
11:35 / 28.05.2025
Turkiyada murakkab vaziyatga tushib qolgan o‘zbekistonlik ayolga yordam berildi
11:22 / 28.05.2025
Germaniyadagi qochqinlar soni 3,5 million kishiga yetdi
12:20 / 27.05.2025