Jahon | 11:51 / 19.03.2017
6231
1 daqiqa o‘qiladi
Reks Tillerson Xitoy rahbari bilan uchrashdi
Xitoy Xalq respublikasi raisi Si Jingpin AQSh Davlat kotibi Reks Tillersonni qabul qildi. Bu haqda «Sinxua» agentligi xabar tarqatgan.
Uchrashuv tafsilotlari keltirilmagan.
Tillerson 18 mart kuni, tashrifning ilk kunida XXR Davlat kengashi a'zosi Yan Tszechi hamda TIV rahbari Van I bilan uchrashuv o‘tkazgandi. Tomonlar kun tartibida turgan masalalarni muhokama qilishgan, jumladan Xitoy va AQSh rahbarlarining uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rish masalasi hamda Koreya yarim orolidagi vaziyat ko‘rib chiqilgan.
Bundan oldinroq OAV amerikaliklar prezidenti Donald Tramp Si Jingpinni aprel oyida Floridadagi qarorgohi Mar-a-Lagoda qabul qilmoqchi ekani xabar qilingandi.
Mavzuga oid
15:54 / 05.02.2022
Shavkat Mirziyoyev Pekinda Xitoy va Pokiston yetakchilari bilan uchrashdi
21:16 / 08.12.2018
“Axmoq va dangasa”: Tramp sobiq davlat kotibining tanqidiga javob berdi
17:32 / 08.12.2018
Tramp AQSh sobiq davlat kotibi Reks Tillersonni anqov va dangasa deb atadi
11:09 / 02.08.2018