Sport | 09:26 / 19.03.2017
11662
2 daqiqa o‘qiladi

Vitaliy Denisov jarohat oldi

O‘zbekiston terma jamoasi a'zosi Vitaliy Denisov Rossiya chempionati 20-turi doirasida «Lokomotiv»ning «Spartak»ka qarshi o‘tkazgan va 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan o‘yini vaqtida jarohat olgan. U jarohatiga qaramasdan o‘yinni oxiriga qadar o‘tkazgan.

Moskvaliklar klubi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Denisov va Verdran Chorluka jarohatlangan, ular o‘yindan keyinoq UZI tekshiruvidan o‘tkazilgan. Ma'lum bo‘lishicha, Chorluka belining chap qismidagi mushaklarni jarohatlab olgan, Denisovda esa belning o‘ng qismidagi mushaklar jarohatlangan.

Futbolchilarning sog‘ligi to‘liq tiklanishi muddati 19 mart kuni o‘tkaziladigan navbatdagi tekshiruvlardan keyin ma'lum bo‘ladi.

O‘tgan haftada Samvel Babayan terma jamoaning Suriya va Qatarga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e'lon qilgandi va unda Vitaliy Denisov nomi ham bor edi. Endi uning o‘rniga tarkibga kim chaqirilishi hozircha noma'lum.

Samvel Babayan terma jamoaning Suriya va Qatarga qarshi o‘yinlar uchun tarkibini e'lon qildi

Mavzuga oid