Qoraqalpog‘istonda yong‘in xavfida turgan 9ta maskan ish faoliyati to‘xtatildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasida bayram tadbirlari o‘tkazilishiga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish davrida yong‘in xavfsizligini ta'minlash bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirilmoqda, deb xabar beradi Kruz.uz.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ichki ishlar vaziri o‘rinbosari polkovnik Shukurillo Ayubovning xabar berishicha, bayram tadbirlari o‘tkaziladigan maskan va maydonlarning aniq ro‘yxati tuzilib, 589ta maskanlarda tekshirishlar va yong‘in-profilaktika ko‘riklari o‘tkazildi, 9328ta axoli turar joylari va 132ta ko‘p qavatli uylarda yong‘inga qarshi tekshiruvlar o‘tkazilib, aniqlangan kamchiliklarni zudlik bilan bartaraf etish choralari ko‘rildi. Har bir xonadonda yong‘inning oldini olish yo‘nalishi bo‘yicha yo‘riqnomalar o‘tkazilib, maxsus kitobga qo‘l qo‘ydirish yo‘li bilan keng qamrovli tushuntirish ishlari olib borildi.
Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzgan 53 nafar fuqarolarga jami 2 mln 291 ming 560 so‘m miqdorida jarima solindi, yong‘in xavfida turgan 9 ta maskanning ish faoliyati vaqtincha to‘xtatildi va 253 ta nosoz gaz hamda elektr uskunalaridan foydalanish taqiqlab qo‘yildi. Kamchiliklar yuzasidan mahalliy hokimliklariga 22 marotaba, yuqori tashkilotlariga 54 marotaba axborot xatlari va taqdimnomalar kiritildi.
Bayram tantanalari o‘tkaziladigan maskanlar va ular atrofida joylashgan korxona-tashkilot, muassasa hamda aholi turar joylarida yong‘in xavfsizligini ta'minlash maqsadida 192 nafar yong‘in xavfsizligi xizmati xodimlar jalb etilib, asosiy bayram tadbirlari o‘tkaziladigan joylarda 21ta yong‘in o‘chirish avtomobillari navbatchiligi tashkillashtirildi. Korxona va tashkilotlar, o‘quv va davolash muassasalarida hamda mahallalarda 456 marotaba uchrashuvlar o‘tkazildi.
Mavzuga oid
07:40 / 17.07.2024
O‘zbekistonda shoir Ajiniyoz Qo‘siboy o‘g‘li tavalludining 200 yilligi keng nishonlanadi
10:26 / 02.07.2024
Qoraqalpog‘istonda 15 mlrd so‘mlik davlat xaridlarini amalga oshirishda qonun talablari buzilgan – Raqobat qo‘mitasi
12:31 / 01.07.2024
Uchta hududda xorijiy davlatlarga ishga yuborishni va’da qilgan shaxslar ushlandi
08:27 / 20.06.2024