Fan-texnika | 10:51 / 21.03.2017
3882
2 daqiqa o‘qiladi

Marokashda yuqori texnologiyali sanoat shahri barpo etiladi

Foto: National Geographic

Marokash shimolidagi Tanjir-Tatuan-Al-Xosiyma mintaqasida 100 ming kishi uchun ishchi o‘rin yaratiladigan yuqori texnologiyali sanoat shahri barpo etiladi. Bu haqida TASS agentligi xabar berdi

Dushanba kuni qirollik hukumati va Xitoyning Haite Group kompaniyasi tantanali sharoitda shunga muvofiq shartnomani imzoladi. Marosim Tanjirdagi saroyda qirol Muhammad VI ishtirokida bo‘lib o‘tdi. 

Muhammad VI Tanjir Tek (Cite Mohammed VI Tanger Tech) nomini oluvchi shaharning qad ko‘tarishi taxminan 1 milliard dollarga tushadi va uning qurilishi 10 yildan keyin yakunlanadi. 

Keng ko‘lamli loyiha tashabbuskorlarining so‘zlariga ko‘ra, gap "100 ming ishchi o‘rinni yaratishga qodir iqtisodiy maydonni barpo qilish" haqida bormoqda. Ikki ming gektar maydonda joylashuvchi yangi shaharning qurilishiga 2017 yilning ikkinchi yarim yilligida start beriladi. 

Muhammad VI Tanjir Tek shahri hududida 200 xitoy kompaniyasi o‘rin oladi. Mazkur kompaniyalar avtomobilsozlik, aviatsiya sanoati, elektronika, to‘qimachilik sanoati, stanoklar ishlab chiqarish va boshqa yo‘nalishlarda faoliyat yuritadi. 

Haite Group kompaniyasi prezidenti Li Biao marosimda ishtirok etar ekan, "xitoylik operatorlarga ochiladigan yo‘nalishlar orasida Marokash o‘zining ishonchliligi va ko‘plab ustuvor jihatlari bilan oldingi o‘rinlarda turishi"ni ta'kidladi. 

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid