Video: Lamaning kutilmagan tashrifi bolakayni esankiratib qo‘ydi
Amerikalik Jyeyson Jyensen turmush o‘rtog‘i va farzandlari bilan Memfis yaqinida joylashgan Tennesi safari-parkiga tashrif buyurdi. U o‘g‘lining oilaviy avtomobil yoniga kelgan lamani ovqatlantirayotganini tasvirga olayotgan edi.
Biroq bir necha soniyadan so‘ng Jyeysonning ayoli avtomobilning boshqa tomonidan kelgan lama qachon unga navbat kelishini kutib o‘tirmay, derazadan boshini suqib, Trey ismli ikkinchi o‘g‘ilning qo‘lidagi idishidan oziqlana boshlaganiga e'tibor qaratdi. Jonivorning bunday qilishini kutmagan bolakay qo‘rqib ketib, yig‘lay boshladi.
20 mart kuni Jyeyson o‘zining Youtube-kanalida video taqdim etdi, Reddit foydalanuvchilari unga e'tibor qaratishdi. Rolik juda tez tarqalib ketdi, otasi esa ertasiga Treyning o‘z mashhurligiga munosabati aks etgan video bilan bo‘lishdi.
Mavzuga oid

09:15
Rossiyada qarovsiz qolib ketgan 16 nafar bola O‘zbekistonga qaytarildi

13:22 / 05.02.2025
Bolalarda nogironlikning oldini olishga ko‘maklashuvchi tizim yaratiladi

10:15 / 05.02.2025
Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmati yo‘lga qo‘yiladi

14:21 / 10.12.2024