«Yer Soati» WWF 2017: Sayyorani emas, o‘zingizni o‘zgartiring!
«Yer Soati» — Jahon Yovvoyi tabiat fondi (WWF)ning xalqaro aksiyasi. Tashkilotchilar ekologik muammolardan tashvishlanish ramzi sifatida sayyora aholisini 60 daqiqaga chiroq va maishiy elektr uskunalarini o‘chirib qo‘yishga chaqirishadi. Shuningdek butun dunyo bo‘ylab mashhur bino va obidalarni yoritib turuvchi chiroqlar ham o‘chiriladi. «Yer Soati»ning hamkori Coca-Cola'ning Rossiyadagi rasmiy saytida mazkur aksiya haqida batafsil ma'lumot berildi.
Birinchi «Yer Soati» 2007 yilda Avstraliyada o‘tkazilgan. Aktsiya muvaffaqiyatsiz o‘tgan, 12 oydan keyin esa mazkur aksiya yana bir bor o‘tkazilgan - faqat bu safar xalqaro aksiya sifatida. 2009 yilda «Yer Soati» insoniyat tarixidagi eng ommaviy hodisaga aylangan: milliarddan ziyod kishi, ya'ni sayyora aholisining 1/7 qismi aksiyani qo‘llab-quvvatlagan. O‘tgan yili esa ushbu aksiyada qatnashganlar soni 2 milliardga yetdi.
«Yer Soati»ning mohiyati ko‘pchilik taxmin qilgandek elektr energiyasini tejashda emas. Elektr energiyasidan vaqtinchalik voz kechish - tabiatga ehtiyotkorona munosabatda bo‘luvchi barcha kishilarni birlashtiruvchi ramziy belgi. Mavzu juda muhim, shuning uchun mazkur aksiyani oddiy kishilar bilan bir qatorda shaharlar ma'muriyatlari va biznes vakillari ham qo‘llab-quvvatlashadi.
Joriy yilda Coca-Cola 60 daqiqaga o‘z idorasidagi chiroqlarni o‘chirib qo‘yadi. Shuningdek kompaniya o‘z xodimlaridan xonadonlaridagi elektr energiyasidan bir soatga voz kechishni so‘raydi.
Hozirning o‘zida kelajakni qanday o‘zgartirish mumkin:
Coca-Cola «Yer Soati»ning hamkori sifatida barchani chiqindilarni qayta ishlashga topshirishga chaqiradi. Bu mas'uliyatli qadam ekoomborni sezilarli darajada kamaytirishga yordam beradi.
Makulatura, plastik, alyuminiy va batareyalarni qayta ishlash punktlariga topshiring. Shahringizda qayerda shunday punktlar borligini surishtiring.
Mahalliy va mavsumiy mahsulotlarni tanlang, zero tovarlar uzoqdan olib kelinganda katta miqdordagi karbonat angidrid miqdori hosil bo‘ladi.
LED-lampalardan foydalaning: ular kam energiya sarflaydi, xizmat ko‘rsatish muddati esa - bir necha yil.
Shahar ichida ko‘proq velosipedda harakatlanishga harakat qiling, uzoqqa borganda esa - poyezdda.
Keraksiz narsalaringizni tashlab yubormang: ularni boshqalariga almashtiring, soting yoki muhtojlarga tarqating.
Kamroq dush qabul qiling, tishlaringizni tozalayotganingizda kranni o‘chirib qo‘ying va umuman, chuchuk suvni bekorga sarflamaslikka harakat qiling.
Tabiat muhofazasiga doir loyihalarni qo‘llab-quvvatlang. 25 mart kuni soat 18:30dan 19:30gacha «Yer Soati-2017»da sham yoqing, o‘z shahringizni «Yer Soati» poytaxtiga aylantiring, jonivorlarni qutqaring va albatta, chiroqlarni o‘chirib, elektr uskunalaridan foydalanishni vaqtinchalik to‘xtating (hayotiy muhim ahamiyatga ega uskunalardan tashqari).
Aktsiyaga qo‘shiling va sayyorani muhofaza qiling - u bizga hali ko‘p kerak bo‘ladi!
Mavzuga oid
20:55 / 02.11.2024
O‘zbekistonda elektr energiyasi va metan gazi olish uchun 8 ta chiqindi yoqish zavodi, 1 ta chiqindi poligoni quriladi
10:27 / 02.11.2024
In qurishga xomashyo, suzish uchun sol: yovvoyi tabiat plastikka qanday qilib moslashdi?
15:46 / 30.10.2024
Enso Mayorka - ovchidan tabiat himoyachisiga aylangan sportchi haqida hikoya
21:29 / 29.10.2024