Londonda terakt. Hujum tafsilotlari (onlayn)
Buyuk Britaniya parlamenti binosiga qurollangan shaxs hujum qilgan, u yo‘lda avtomobil bilan odamlarni bosib o‘tgandi.
Reuters fotomuxbiri avvaliga parlamentga olib boruvchi ko‘prikda kamida 12 kishini jarohatlangan holda ko‘rganini xabar qildi. Boshqa bir britaniyalik jurnalistning periskopida ko‘rish mumkin ediki, Vestministr saroyi atrofi politsiyachilar tomonidan o‘rab olingan. Parlament binosi yopilgan, osmonda vertolyotlar ucha boshlagan.
Britaniya parlamenti oldida otishma ro‘y berdi, qurbonlar bo‘lishi mumkin
Ma'lum bo‘lishicha, noma'lum shaxs parlamentga ketishda tezlik bilan yurib, odamlarni bosib ketgan. «Bi-bi-si» ma'lumotiga ko‘ra, buning oqibatida 5 kishi halok bo‘lgan. U yo‘lida davom etib parlament binosiga pichoq bilan qurollangan holda hujum qilgan, uni otib o‘ldirishgan.
Daily Mail ma'lumotiga ko‘ra, hujum Vakillar palatasi binosi ichkarisida ro‘y bergan, yerda 3 kishining jasadini ko‘rishgan.
The Mirror parlament binosida xaos yuzaga kelgani haqida yozdi.
«London xaos ichida». Bryussel voqealariga 1 yil to‘lgan kundagi terakt (foto)
Xabarlarga ko‘ra, hujum qiluvchilar 2 kishi bo‘lgan.
Ijtimoiy tarmoqlarda bu hujum Bryusseldagi teraktga 1 yil to‘lgan kunda amalga oshirilganiga e'tibor qaratishmoqda.
Mamlakat bosh vaziri Tereza Mey xavfsiz joyga ko‘chirildi. Parlament deputatlari esa hamon yopiq eshiklar ortida qolmoqda.
London politsiyasi ushbu hodisani terakt sifatida baholadi.
«Politsiya fuqarolardan ushbu hududdan ketishni so‘raydi: Parlament maydoni, Uaytholl, Vestminster ko‘prigi, Lambet ko‘prigi, Viktoriya Strit va Viktoriya qirg‘og‘i ayni vaqtda xavfsiz emas.
Soat 14:40 (Toshkent vaqti bilan soat 19:40) politsiyaga Vestminster ko‘prigidagi voqea haqida xabar kelib tushdi. Buni qurolli hujum sifatida qabul qilishgandi.
Ofitserlar — voqea joyida bo‘lib turishibdi va biz bu hujumni terroristik harakat sifatida baholaymiz».
The Mirror deputatlardan birining so‘zlarini keltirdi: u parlamentdagi ofisidan chiqqanida, politsiyachilardan biri noma'lum shaxsni yerga yiqitganini va unga kishan taqqanini ko‘rgan, qo‘riqchilardan biri deputatga ichkariga kirishni aytgan. Bu vaqtda politsiyachining ratsiyasiga boshqa bir politsiyachi boshqa nuqtada noma'lum shaxs tomonidan hujumga uchragani haqida ma'lumot kelgan.
Britaniyalik jurnalist hujum 3ta nuqtada ro‘y berganini qayd etgan:
1. Mashina Vestminster ko‘prigida odamlarni bosib o‘tgan;
2. Mashina Parlament binosi oldida odamlar ustiga haydalgan;
3. Politsiyachiga qurolli hujum.
London politsiyasi jarohatlanganlarning suratlarini tarqatmaslikni so‘radi.
Terrorchining harakati tasvirlangan fotoxarita tuzib chiqildi
Prezident matbuot kotibi Donald Trampga Londondagi voqea to‘g‘risida axborot berdi.
Politsiyachilar voqea joyiga chaqiruvdan 6 daqiqa o‘tib yetib kelgan.
The Guardian Viktoriya Stritdagi politsiyachi va yo‘lovchi o‘rtasidagi muloqotni e'lon qildi. Yo‘lovchi o‘rab olingan hududga kirmoqchi bo‘lgan: O‘tinaman, meni o‘tkazib yuboring, axir bu erkin mamlakat. «Yo‘q, hozir unday emas», — deya javob qaytargan politsiyachi.
The Mirror nashriga ma'lumot bergan guvoh Temza daryosida oqib yurgan jasadni ko‘rgani haqida gapirgan.
The Daily Mail nashriga ma'lumot bergan guvoh parlament binosi yaqinida pichoq ko‘tarib chopib ketayotgan shaxsni ko‘rgani haqida aytgan.
«Biz Big-Ben oldida suratga tushayotgandik, shu vaqtda biz tomonga chopib kelayotgan odamlarni ko‘rdik. Keyin esa tashqi ko‘rinishidan osiyolikni eslatadigan, yoshi taxminan 40da bo‘lgan erkak 15-17 santimetr uzunlikdagi pichoqni ko‘targan holda ketayotganini ham ko‘rdik. Shu vaqtda 3 marta o‘q ovozi eshitildi, biz bu vaqtda bu hududdan jo‘nab ketayotgandik. Ko‘prik ustidan o‘tayotganimizda boyagi erkak yerda qonga belanib yotgandi. U kurtka kiygan, qora shimda edi. U o‘rnidan turib parlament tomonga chopdi, uni politsiya ta'qib etdi», degan guvoh.
Bosh vazir favqulodda qo‘mitaning shoshilinch yig‘ilishini chaqirdi
OAV terakt ijrochiligida gumon qilinayotgan shaxs suratini e'lon qildi
London markazidagi terakt qurbonlari soni ortmoqda, kamida 20 kishi jarohatlangan
Britaniya parlamenti deputati, Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Tobias Ellvud maqtovga sazovor ishi bilan britan nashrlari qahramoniga aylandi.
U parlament oldida terrorchi hujumiga uchrab, og‘ir jarohat olgan politsiyachiga yordam ko‘rsatishga uringan. U politsiyachiga birinchi tibbiy yordam berib, uning yuragini massaj qilgan.
Hujumlar bir terrorchi tomonidan sodir etilgani tasdiqlandi. Bundan avvalgi xabarlarda mashinada uning sherigi ham bo‘lgani aytilgan va ikkinchi terrorchi qidirilayotgandi.
Mavzuga oid
15:12 / 09.11.2024
Pokistondagi stansiyada terakt: 24 kishi halok bo‘ldi
10:10 / 02.11.2024
«Krokus»dagi terakt: ishda to‘rt nafar yangi ayblanuvchi paydo bo‘ldi
15:10 / 29.10.2024
London dezinformatsiya uchun RFning 3 agentligiga qarshi sanksiyalar kiritdi
22:10 / 25.10.2024