Sport | 17:08 / 22.03.2017
3220
1 daqiqa o‘qiladi

MPA Toshkent shahar bo‘limi ko‘zi ojiz o‘smirlarni futbol jamoasiga taklif qiladi

O‘zbekiston Milliy Paralimpiya Assatsiatsiyasi (MPA)ning Toshkent shahar bo‘limi doimiy yashash joyi poytaxt va Toshkent viloyatida bo‘lgan 14 yoshdan 16 yoshgacha bo‘lgan ko‘zi ojiz o‘smirlarni futbol bo‘yicha terma jamoasiga taklif qiladi. 

Terma jamoa o‘yinchilari 2020 yilda Tokioda bo‘lib o‘tadigan Paralimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun tayyorlanadi. 

Futbol mashqlarini MPAning Toshkent shahar bo‘limi katta murabbiyi Safariyev Rashid Hidoyatovich olib boradi. 

Futbol bo‘yicha barcha o‘quv mashqlari bepul. 

Batafsil ma'lumot uchun telefonlar:
+998 90 981 58 45 (Rashid Hidoyatovich)
277 67 44 (uy)
245 06 69 (ish)

Manzil: Toshkent shahri, Beshyog‘och 126

Лола Раҳманбаева
Tayyorlagan Лола Раҳманбаева
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid