Poroshenko 2016 yilda 67 kishini afv etdi
Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko 2016 yilda 67 kishini afv etdi, deb ma'lum qildi matbuot-anjumanda Poroshenko ma'muriyatining afv etish masalalari bo‘yicha departamenti boshlig‘i Aleksandr Bukalov.
"O‘tgan yili prezident tomondan 67 kishi afv etildi. Shunday bo‘ldiki, 2016 yilda ham 2015 yildagidek sonda odam afv etilgan", deb aytdi Bukalov.
Bukalovning aytishicha, prezident 23 kishini ularning jazo muddatini qisqartirish bilan afv etgan, qolganlar esa to‘liq ozod qilingan.
Afv etilganlardan 8 nafari ehtiyotsizlik bilan jinoyat sodir etganlik uchun jazolangan. Afv etilganlardan aksariyati katta yoshdagilar bo‘lib, ulardan 17 nafarining yoshi 60 dan oshgan. Bukalovning aytishicha, afv etilganlar xavfli jinoyatchilar hisoblanmaydi va ularning ozod etilishi Ukraina fuqarolari xavfsizligiga tahdid qilmaydi.
Bukalovning ta'kidlashicha, 2016 yil davomida departament afv etish haqida 1791 ta murojaat olgan, ulardan 1435 tasida 1253 nafar sudlanganning ozod qilinishi so‘ralgan.
Mavzuga oid
09:22
Ukrainalik faollar yana Navalnayaning nutqini to‘xtatishga urindi
07:56
Pentagon Ukrainaga yordam uchun qolgan pul miqdorini e’lon qildi
21:13 / 12.11.2024
Sudjaliklar yana bir bor o‘z yaqinlari evakuatsiyasi uchun gumanitar yo‘lak so‘radi
20:43 / 12.11.2024